Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, sportni ommaviylashtirish va yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida izchil olib borilayotgan siyosat doirasida “Shodlik“ mahallasida joylashgan ushbu stadion 11 ming tomoshabinga moʻljallangan zamonaviy sport inshootiga aylantirilishi koʻzda tutilgan.
Unda futboldan tashqari turli sport va madaniy tadbirlar oʻtkazilishi mumkin boʻladi. Taqdimotda tribunalar, soyali joylar, sanitar uzellar, ovqatlanish nuqtalari va bolalar maydonchalarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.








