Guliston shahrida portlash sodir boʻldi

    Tashvishli xabar 7 Oktabr 2020 1358

    Bugun 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir boʻldi.

    Hosil boʻlgan kinetik zarba toʻlqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan. Taʼkidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga koʻchirdilar.

    Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.