Sirdaryo viloyati FVBning xabariga koʻra, tezkor harakatlar natijasida yongʻin qisqa fursatda toʻliq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yoʻq.
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini oʻz nazoratiga olgan.
Mazkur hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.








