Bu jarayon Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Shahar yoʻlovchilariga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida “Guliston Inter Futbol” MCHJ tomonidan 52 dona YUTONG rusumli avtobus olib kelindi. Joriy yil boshidan shaharga keltirilgan avtobuslar soni 72 taga yetib, ular hozirda 7 ta yoʻnalishda brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Natijada Guliston shahrining jamoat transporti harakat tarkibi toʻliq ekologik toza avtobuslar bilan yangilandi. Bu esa aholining hayot sifatini yaxshilash, transport tizimini rivojlantirish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.








