Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Djurayev Olimjon Urazaliyevich nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, O.Djurayev 1982-yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.