Xabarga ko‘ra, hamkorlik viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda maktabgacha ta’lim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 million dollarga teng bo‘lgan «Aqlli shahar» barpo etish boshlanadi.
Hamkorlik shartlarida «EduLink Global» kompaniyasi tomonidan «Guliston New City» loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi ham nazarda tutilgan.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning hudud infratuzilmasi bilan tanishdi, deb xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.