Bugun Guliston shahrida Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish qaratilgan qoʻshma loyiha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamkorligida tuman hokimlari oʻrinbosarlari va xalq deputatlari mahalliy kengash vakillari uchun tashkil etilgan seminar-trening oʻz ishini boshladi.
Seminar trening davomida fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari, mahalliy boshqaruv jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini va masʼuliyatini oshirish, hududlarning oʻziga xosligi va imkoniyatiga qarab rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, doimiy va batafsil monitoring va tahlilning ahamiyati, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari xususida soʻz yuritiladi.

Shuningdek, xorijiy tajribalar va mahalliy jarayonlarni real misollar orqali solishtirib, muhokama qilish orqali, ishtirokchilar zamonaviy boshqaruv metodlari va fuqarolar bilan samarali aloqa oʻrnatish usullarini oʻrganishadi.
Seminar treninglarni Xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan tayyorlangan maxsus oʻquv dasturi asosida universitet professor va oʻqituvchilari olib boryapti, deb xabar beradi DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.