Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti rektorining Oʻrta Osiyo davlatlari boʻyicha maslahatchisi Yun Sergey Mironovich Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, viloyat markazida Tomsk milliy tadqiqot davlat universitetining filialini tashkil etish, shuningdek, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim tizimlari bilan tanishish, mehnat bozoridagi ehtiyojlar va yoshlarning taʼlim olishga boʻlgan intilishlarini oʻrganishdan iborat.

Sergey Yun tashrif davomida Guliston qurilish kolleji, Guliston davlat universiteti qoshidagi Akademik litseyi, Sirdaryo - Qorakoʻl maktab internati hamda Shirin energetika kollejlarining sharoitlari, moddiy-texnik bazasi, oʻquv metodik taʼminoti va oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

S.Yun Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining kengayishiga umid bildirdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.