Shifo maskanida davolashdan tashqari koronavirus bilan kurashayotgan bemorlarning ruhiyatlarini koʻtarish, hayotga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida turli chora-tadbirlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
“Alpomish” sport majmuasida 400 nafar bemorlar uchun joy hozirlangan boʻlib, har bir boʻlmaga 2 kishidan joylashadi. 20 nafar bemor uchun moʻljallangan reanimatsiya boʻlimi ham tashkil etiladi.
Shifoxona barcha zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan, jumladan, kardiomonitor, UTT va boshqa apparatlar bilan taʼminlangan. Shifoxona markazlashgan kislorod tarmogʻiga ulangan boʻlib. bir vaqtning oʻzida 400 nafar bemorni nafas olish apparatlari bilan taʼminlash imkoniyati mavjud. Bioximik va klinik laboratoriya hamda PZR apparatlari ham keltirilgan, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.