Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
Favqulotda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq Bosh vazir oʻrinbosari O.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Hukumat komissiya jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashi va ijrosini taʼminlashi koʻzda tutilgan.








