Hamyurtimiz Braziliya vakiliga qarshi kechgan bahsda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Shiddatli kechgan jangda Naimova oʻzining aniq va ishonchli harakatlari bilan raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Qayd etish joiz, ushbu sportchimiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz nomidan ishtirok etgan eng soʻnggi vakilimiz boʻldi. Bir oz avval para - yengil atletikachimiz Muhammad Rexsimov F61 toifasida yadro uloqtirish bahslarida 6-natijani qayd etdi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.