Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani rad etildi

    Voqea-hodisalar 23 Aprel 2025 1628

    Oliy sud Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova qamoqdan ozod qilingani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.

    Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidovning maʼlum qilishicha, bu maʼlumot asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    Maʼlumot uchun, Gulnora Karimova 2017-yil 10-yillik qamoq jazosiga hukm etilgan, keyinchalik jazo uy qamogʻiga almashtirilgan. 2019-yili uy qamogʻi shartlarini buzgani uchun yana qamoqqa qaytarilgan va 2020-yilda unga qoʻshimcha 13-yil 4 oylik jazo tayinlangan edi.