Bugun musobaqaning final bahslari boshlandi. Musobaqada -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ishtixonlik bokschi Gulsevar Gʻaniyeva finalda hindistonlik Bavna Sharmani 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Bu Oʻzbekiston terma jamoasi uchun mazkur jahon chempionatidagi ilk oltin medal boʻldi.