Gurlan tumanida davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻcha ochildi

    Ta'lim 27 Aprel 2023 1710

    Xorazm viloyatining Gurlan tumani, “Gulshan” MFY hududida joylashgan “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli 120 oʻrin quvvatga ega davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

    Tashkilotining ochilish marosimiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Narbayeva ishtirok etdi.

    Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanida maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 20 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Maʼlumot uchun: Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil etib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan qamrab olingan, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim agentligi matbuot xizmati.