Osiyo kubogi U20 guruh oʻyinlari yakuniga yetdi. Soʻnggi turda Yaponiya Saudiya Arabistoni termasini (2:1) yengib, Xitoy esa Qirgʻiziston bilan durang (1:1) oʻynab, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Chorak finalda Oʻzbekiston – Avstraliya, Janubiy Koreya – Xitoy, Eron – Iroq, Yaponiya – Iordaniya bahsida jahon chempionati yoʻllamasi egalari nomi maʼlum boʻladi.