«Aziz do'stlar, yigitlar, orzuingiz sari kurashib, qo'lingizdan kelgancha harakat qilib, unga erisha olmaslikning uyat joyi yo'q. Men siz bilan faxrlanaman, maydon va uning tashqarisida ham o'rnak bo'ldingiz. Men uchun Eron futbol oilasining bir qismi bo'lish katta faxr va sharafli edi. Aminmanki, siz bilan faxrlanishlariga loyiqsiz. Barchangizga omad, baxt va muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Rahmat», - deya yozadi Keyrush ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

eron JCH-2022 3-turi doirasida AQSHga minimal hisobda mag'lub bo'lgach, guruhdan chiqish vazifasini bajara olmadi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik 69 yoshli murabbiy erondagi 2011-2019 yilgi faoliyatidan keyin 2022 yil kuzida Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan va forslarni Qatardagi turnirga olib kelgandi.