Bu haqda u Xirosima shahrini Amerika atom bombasi bilan bombardimon qilganining 79 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan marosimda BMT Bosh kotibi o'rinbosari va Qurolsizlanish masalalari bo'yicha oliy vakili Idzumi Nakamitsu tomonidan o'qilgan murojaatida ma'lum qildi.

“Yadro quroli va ulardan foydalanish tahdidlari nafaqat tarix darsliklari sahifalarida, balki xalqaro munosabatlardagi vaziyat fonida yana bir bor o'zini namoyon qilmoqda”, dedi Guterrish va bu hozir dunyo yuzma-yuz kelayotgan haqiqiy tahdid ekanini ta'kidladi. BMT Bosh kotibi yadro quroli tahdidini yo'q qilishning yagona yo'li – ulardan butunlay voz kechish ekanligini ta'kidladi. “Yadro urushida g'oliblar bo'lmaydi va bunday urush hech qanday sharoitda boshlanmasligi kerak”, deb xulosa qildi u.

Guterresh avvalgidek, o'z murojaatida 1945-yilda Yaponiya shaharlarini atom bombasini tashlagan mamlakat sifatida AQShni tilga olmadi.

Xirosima va Nagasaki atom bombalari tashlanishi AQSh tomonidan Ikkinchi jahon urushining oxirida Yaponiyaning taslim bo'lishini tezlashtirish uchun rasman e'lon qilingan maqsad asosida amalga oshirilgan. Bu insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar maqsadlar yo'lida foydalanilgani bilan bog'liq yagona misoldir. AQSh hali ham o'zining ma'naviy javobgarligini tan olmaydi va bunday harakatlarni “harbiy zarurat” deb oqlaydi, deb xabar beradi tass.ru.