“Gʻuzor – Regar” elektr uzatish tarmogʻini tiklash investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

    “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (l-507) elektr uzatish tarmogʻini tiklash” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Energetika vazirligi Axborot xizmati Oʻzbekistonda 500 kVli “Gʻuzor – Regar” elektr uzatish tarmogʻini tiklash investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda.

    Xususan, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (l-507) elektr uzatish tarmogʻini tiklash” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Loyiha doirasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million AQSH dollarni tashkil etadi.

    Xalqaro tender tanlovlari natijalariga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai Electric Power Transmission & Distribution” kompaniyasi gʻolib deb topildi va mazkur investitsion loyiha ushbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.