Sh.Abdullayev 1991-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Qarshi Muxandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Shoxrux Abdullayev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Xududlarni rivojlantirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish Yigʻma boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Maʼlumot uchun, tuman hokimining sobiq oʻrinbosari Olimjon Movlanov Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida mehnat faoliyatini davom ettiradigan boʻldi.