AT “Xalq banki” Gʻuzor filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tekshiruvda “K.D.” MCHJ rahbari X. chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida bank filialidan ajratilgan 800 mln soʻm imtiyozli kredit hisobiga xorijdan olib kelingan 33 bosh naslli chorva mollarini koʻpaytirish choralarini koʻrmasdan, balki chorva mollarini sotuvidan tushgan mablagʻni oʻz shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, kredit mablagʻini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.