Joriy yilgi mavsumda gʻuzorlik pillakorlar 1889 quti ipak qurtini parvarishlab, 108 tonna pilla xirmon yaratishdi. Natijada belgilangan reja ortigʻi bilan bajarildi.

— Bor-yoʻgʻi bir oy davom etadigan mavsum manfaatdorligini odamlar yurakdan sezib ishlashdi. Chunki, qurt boqish eng avvalo oilaga yaxshigina daromad. Qolaversa, pillakor uchun bir yillik ish staji demakdir, — deydi “Gʻuzor Agropilla” MCHJ rahbari Hamza Yoʻldoshev.

Mavsumda sektor rahbarlari, hokimlik vakillari, ishchi guruhi aʼzolari, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini faollari, sohaga masʼul rahbar-mutaxassis va agronomlarning faolligi pillakorlarga katta madad boʻldi.