G‘uzorda «SOY CITY» qurish reja qilinmoqda

    Urbanizatsiya 14 Sentabr 2020 991

    G‘uzorda tumanida xorijiy investor ishtirokida yana bir shaharcha bunyod etilishi kutilmoqda.

    Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining yozishicha, ushbu istiqbolli kelishuv viloyat rahbari Zoyir Mirzayev va “CANADIAN SOY INTEGRATED PRODUCTION” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbari Nasiib Dovud (Kanadalik turk) bilan oʻtkazilgan rasmiy muloqotda maʻqullandi.

    Maʻlum boʻlishicha, korxona kelajakda tumanda 10 ming gektar erda 15 million dollarlik loyihani hayotga tatbiq etish orqali 3000 ga yaqin tuman aholisi uchun ish oʻrni yaratish va “SOY CITY” (Soya shahri) qurishni rejalashtirgan.

    Shuningdek, tumanda 7 gektar maydonda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan 100 tonna soyani qayta ishlaydigan zavod ham quriladi.