G'uzorda tashkil etilgan yangi tibbiyot markaziga zamonaviy uskunalar keltirildi

    Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan aholi soni va geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda G'uzor tumani tibbiyot birlashmasi qoshidagi shoshilinch tibbiy yordam bo'limida tumanlararo qo'shma jarohat va yurak-qon tomir kasalliklari markazi tashkil qilindi.

    Markazga Xitoydan 6 milliard so'mlik ko'p kesimli komp`yuterli tomografiya uskunasi, statsionar rentgen, mobil rentgen apparatlari, C-arm mobil rentgen tizimi, statsionar ul`tratovush apparati, PZR-apparati, yarim avtomat IFA, vibrokaustik apparat, bronxoskop, gastrofibroskop, transport o'pka sun'iy ventilyasiyasi va sun'iy nafas berish apparatlari, xirurgik asboblar to'plami kabi tibbiyot jihozlari keltirildi.

    Markazda travmatologik, neyroxirurgik, angioxirurgik (qon-tomir xirurgiyasi), kardiologik (jumladan, koronarografik) yordam ko'rsatilishi ko'zda tutilgan.