Qayd etilishicha, xorijiy kompaniya tomonidan tumanda jami 2300 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan boʻlib, ekish jarayonlariga 30 ga yaqin zamonaviy texnikalar jalb qilingan.
Ekish jarayonlariga jalb qilingan maxsus texnika paxta ekishni yanada samarali, tezkor va aniq bajarish imkonini bermoqda.
Maʼlumotga koʻra, ushbu texnologiyalar yordamida 1 gektardan 8 tonnagacha paxta hosili olish mumkin. Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki sarf-xarajatlarni ham kamaytirishga xizmat qiladi.








