Chet ellik mutaxassis tumandagi “Avgʻonbogʻ madrasa”sida hunarmandchilik yoʻnalishda olib borayotgan 10 nafar xotin qizlarning zargarlik, kashtachilik, milliy liboslar tikish va gilamdoʻzlik ishlarini koʻzdan kechirarkan, hunardmanchilikning bu nodir durdonalari unda katta taassurot qoldirganini taʼkidladi.
Mutaxassislar madrasada “Hunarmandchilik markazi” tashkil etish va kelajakda markazni rivojlantirish uchun sarmoya kiritish istagi borligini bildirdi.