«U ingliz tilida gapirmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida boʻladi. U hali faqat bitta yoki ikkita mashgʻulotda qatnashdi. Men Chempionlar ligasidagi muhim oʻyinni inobatga olgan holda, Jon Stounzni jarohatidan keyin maydonga tushirishga shoshiltirishni istamagandim.
Jamoada futbolchilarning birdamligi juda muhim – bugun shuni koʻrdik. Har qanday oʻyinchi xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin. Muxlislar hamisha yangi futbolchilarni qoʻllab-quvvatlaydilar. U hali juda yosh va u albatta oʻrganadi» – dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Sky Sports efirida.