Gvineyada Ebola bezgagi boshlangani haqida eʼlon qilingan

    Dolzarb 15 Fevral 2021 506

    Dastavval uch nafar vafot etgan kishining qonida virus borligi tasdiqlangan. Toʻrtinchisining javobi hali maʼlum boʻlmagan.

    Gvineya hukumati yakshanbada mamlakat janubi-sharqida Ebola bezgagi boshlanganligi haqida rasmiy eʼlon qilgan. Bu haqda Guinee114 yangiliklar portali hukumat eʼloniga tayanib xabar bergan.

    “Gvineya hukumati Nzerekora prefekturasida va Guyeka rayonida Ebola (BVVE) virusidan kelib chiqqan kasallik epidemiyasi haqida eʼlon qilgan, — deyiladi hujjatda. — Sogʻliqni saqlash vaziri rahbarligida oʻtkazilgan krizisga oid shoshilinch yigʻilish epidemiyaga qarshi bir qator chora-tadbirlar joriy etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Jumladan, kim Ebola bilan kasallangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularning barchasini yakkalash nazarda tutilgan”.

    Portal tarqatgan xabarga koʻra, yigʻilish Ebola belgisi bor toʻrt nafar vafot etgan bemorning qoni tahlili natijasi chiqqandan keyin chaqirilgan. Test natijalari uch nafar vafot etgan shaxsda bunday belgi borligini tasdiqlagan. Toʻrtinchi shaxsning javobi hali kutilyapti.

    Gvineya hukumati taqdim qilgan maʼlumotlarga qaraganda, dastlabki BVVE holati Guyeka shahrida hamshirada qayd etilgan, va u 28-yanvarda hayotdan koʻz yumgan. Keyingi kuni yetti kishida aniqlangan. Ularning barchasi hamshiraning dafn marosimida ishtirok etgan. Kasallanganlardan biri mamlakat poytaxti Konakrida yashaydi, deb xabar beradi TASS.

    Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Gviyenyaga BVVEga qarshi kurashda mavjud resurslar bilan yordam koʻrsatilishini eʼlon qildi.

    “Biz Ebola bilan kurashda katta tajribaga ega boʻlgan Gvineyani qoʻllab-quvvatlash uchun zudlik bilan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi t JSSTning Gvineyadagi vakili Alfred Djordj Ki-Zerbo.

    Gvineya 2014—2016-yillarda Gʻarbiy Afrikada Ebola tarqaydigan markazlardan biriga aylanib qolgan. Shunda Afrikaning ushbu qismida 11,3 ming kishi qurbon boʻlgan. Kasallanganlar soni esa 28 mingdan oshib ketgan.

    Ebolaning hozirgi avj olishi esa Afrikada bu oydagi ikkinchi holat. Kongo Demokratik Respublikasi sharqida 1-fevraldan Butembo shahri hududida toʻrt nafar Ebola bilan kasallanganlar aniqlangandi. Ulardan ikki nafari qurbon boʻlgan.