Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, hafta boshida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-sentyabrda kechasi +9...+14, kunduzi +20...+25, 1-2-oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, 30-sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 1-2-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-sentyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25, 1-oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27, 2-oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, 30-sentyabrda va 2-oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 1-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-sentyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25, 1-oktyabrda kechasi +7...+12, kunduzi +22...+27, 2-oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, 30-sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, 1-2-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi 30-sentyabrda +20...+25, 1-oktyabrda +23...+28, 2-oktyabrda +25...+30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, 30-sentyabrda va 2-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 1-oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12, kunduzi 30-sentyabrda +20...+25, 1-2-oktyabrda +22...+27 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10, kunduzi +13...+18 daraja boʻladi.