Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 7-oktyabrda 23-28 daraja; 8-9-oktyabrda 24-29 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 7-oktyabrda 23-28 daraja, 8-9-oktyabrda 24-29 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 7-8-oktyabrda 24-29 daraja; 9-oktyabrda 25-30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 8-9-oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 7-oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. 8-9-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 7-oktyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-oktyabrda 10-15 daraja, 8-9-oktyabrda 13-18 daraja boʻladi.