Hafta davomida baʼzi joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin

    Seshanba kunidan havo harorati yana koʻtarila boshlaydi, xabar berdi “Oʻzgidromet”.

    Ish haftasi oxirigacha kechalari +20...+25 daraja, baʼzi joylarda +27 darajagacha koʻtariladi, kunduzi +35...+40 daraja, janub va choʻl hududlarda +42...+43 daraja boʻladi. Shu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol 24 va 27-28-iyunda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.

    Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida 24-iyun kuni joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi, sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

    Poytaxtda dushanba kuni kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja atrofida kutilyapti. Kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin.

    25−28-iyun kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari +20...+25 daraja, kunduzi 25-iyunda +35...+37 daraja, 26-28-iyunda +37...+40 daraja boʻladi.

    28-iyun kuni sharqdan 3−8 m/s tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda 12−15 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.