Kechqurun mamlakatimiz hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-gʻarbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi.

Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda hali iliq, 7-12 daraja atrofida boʻladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu koʻrsatkich kun meʼyoridan 4-6 darajaga pastdir. Togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi mumkin.

7-10-oktyabrda Oʻzbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari taʼsirida boʻladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7-8-oktyabrda 17-22 darajani, 9-10-oktyabrda 15-20 darajani tashkil qiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.