Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

18-20-fevral kunlari respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo +20...+25 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat +7...+12 daraja iliq atrofida boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 23-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlar 16-18-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkentda: 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat +17...+19 daraja iliq boʻladi

17-fevralda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +15...+17 daraja iliq boʻladi.

18-20-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +9...+12 daraja iliq, kunduz kunlari +22...+25 daraja iliq boʻladi.

Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.