Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9-aprel – chorshanba kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat +3...+6 darajaga pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib +28...+31 daraja boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-aprelda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7-8-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda 7-11-aprel kunlari yogʻingarilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi. Harorat 7-8-aprel kunlari +26...+28 daraja, 9-aprelda +22...+24 daraja, 10-aprelda +25...+27 daraja, 11-aprelda +28...+30 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari +10...+15 daraja boʻladi.









