Kunduzi termometr ustuni 30-35° dan yuqoriga koʻtarilmaydi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.
Ish haftasi davomida Oʻzbekiston boʻyicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo boʻladi, faqat ayrim togʻli hududlarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor, shuningdek doʻl yogʻishi mumkin. Havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 34-39° atrofida, janubiy va choʻl hududlarida 40-42° gacha boʻladi.
13 va 14-iyunm kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.