Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutiladi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26o gacha koʻtariladi.
4-oktyabrdan 7-oktyabrgacha boʻlgan keyingi kunlarda ob-havoni antitsiklonning janubi-gʻarbiy periferiyasi belgilaydi.
5-oktyabrda antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari 8-13o, kunduzi 4-6-oktyabrda 21-26o, 7-oktyabrda 23-28o atrofida boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.









