Hafta davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 5 Iyun 2023 993

    5-9-iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Haroratning asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Ish haftasining oxiriga kelib, kunduzi havo 37-40 darajagacha, 5-6-iyunda respublikaning shimolida, 6-8 iyunda janubda va choʻl hududlarda 41-42 darajagacha isiydi..

    Bunday harorat iyun oyining birinchi oʻn kunligi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 4-6darajaga yuqoridir. Ammo ushbu davrda bundan ham yuqori harorat qiymatlari kuzatilgan. Shunday qilib, 2021-yil iyun oyining birinchi oʻn kunligida markaziy hududlar boʻyicha havo harorati 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda esa 44-46 darajagacha koʻtarilgan.

    Respublikaning togʻli hududlarida ushbu haftada asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi, faqat Fargʻona vodiysi bilan chegaradosh ayrim togʻli hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Respublikaning shimolida, janubida va choʻl hududlarida 7-8-iyunda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Poytaxtimizda 5-9-iyun kunlari havo kam bulutli boʻladi, sharqiy yoʻnalishdagi shamol birozdan oʻrtachagacha esadi. Harorat hafta boshida 35-37 daraja boʻladi, hafta oxiriga kelib, 38-40 darajagacha
    asta-sekin koʻtariladi.