Hafta davomida quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

    2-6-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida 5-dekabrda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

    Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar bermoqda.

    Havo harorati kechalari -3 daraja sovuq — +2 daraja iliq, kunduz kunlari +5...+10 daraja iliq, shimolda kechalari -3...-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...+5 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mukin.

    Poytaxtimizda: 2-6-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari -1 daraja sovuq — +1 daraja iliq, kunduz kunlari +6...+9 daraja iliq boʻladi.