Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Havo harorati kechalari 0…-5 daraja atrofida, shimolda −6…−8 darajagacha, kunduz kunlari 5−8-yanvarda +6…+9 daraja, 9-yanvarda +9…+12 daraja boʻladi.

Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0…-2 daraja, kunduz kunlari 5−8-yanvarda +7…+9 daraja, 9-yanvarda +10…+12 daraja boʻladi.