Jumladan, bugun va ertaga Oʻzbekistonda biroz bulutli, iliq havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi 11–13 daraja iliq boʻladi.
Hafta oʻrtasidan respublika boʻylab bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarining ayrim joylarida 16–17-yanvar kunlari biroz yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda ham yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi kutiladi.
Sharqdan shamol yengil oʻrtacha tezlikda esadi.
Toshkent shahrida ham yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–3 daraja iliq, 13–14-yanvar kunlari kunduzi 11–13 daraja iliq, 15–17-yanvar kunlari esa 8–10 daraja iliq atrofida boʻladi.