Oʻzgidromet xabariga koʻra, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati +2...+3 darajaga koʻtariladi va kunduz kunlari havo +35...+37 darajagacha isiydi. Hududning katta qismida ushbu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
Faqat respublikaning shimolida havo bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, ammo bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 2-sentyabrda baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kunduzi 2-3-sentyabrda +31...+33 daraja, 4-5-sentyabrda +35...+37 daraja boʻladi. Harorat kechalari +16...+18 darajadan +20...+22 darajagacha koʻtariladi.