Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati +23…+28 darajadan +28…+33 darajagacha asta-sekin koʻtariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va choʻl hududlarda harorat +35…+37 darajagacha isiydi.

27−29-may kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12…+15 daraja boʻladi, kunduz kunlari +25…+28 darajadan +29…+32 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.