Hafta davomida respublika hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon taʼsiri ostida boʻladi.

Bugun respublika boʻyicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kunduzi 33-35 darajani tashkil etadi.

Ish haftasining qolgan kunlarida respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, 16-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17-mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomgʻir kuchli yogʻishi mumkin, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin.

Harorat foni:

ertaga kechasi +18...+20 darajani, kunduzi +31...+33 darajani tashkil etadi;

chorshanba kuni kechasi 13-18 daraja boʻladi, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi;

payshanba kuni kechasi +10...+15 daraja boʻladi, kunduzi +20...+25 darajagacha biroz koʻtariladi;

juma kuni kechasi +12...+17 darajani tashkil etadi, kunduzi 25-30 darajagacha yana biroz koʻtariladi.

15-16-may kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 17-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 17-19-may kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda (2000 m dan yuqorida) 17-19-may kunlari yomgʻir qorga aylanishi mumkin.