Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Havo harorati +23…+28 darajani tashkil etadi.
10−11-oktyabrda Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
Toshkent shahrida 7-oktyabrdan 10-oktyabrgacha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +10…+13, kunduz kunlari +25…+28 daraja atrofida boʻladi.