Faqat Oʻzbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi, buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi hali sovuq boʻladi, havo harorati 0-5° iliq, shimolda 2-7° sovuq atrofida boʻladi, kunduz kuni esa quyosh havoni 10-15° iliqgacha isitadi.
10-noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab harakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari boʻyicha baʼzi joylarda kuchsiz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 10-15° iliq atrofida boʻladi.
11-13-noyabrda respublikamiz hududiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutilyapti. Havo harorati kechalari 3-8° iliq boʻladi, kunduz kunlari esa noyabr oyi oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlargacha 15-18° iliqgacha, janubda esa 20-21° iliqgacha isiydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.