Haftaning birinchi yarmida kunduz kungi harorat 14-17° iliqdan 8-11° iliqgacha oʻzgarib turadi, chorshanba kuni 16-21° iliqgacha koʻtariladi.

18-mart juma kuni Oʻzbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir qisqa muddatga qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduz kuni havo harorati 7-10° iliqgacha pasayadi.

Hafta davomida rsepublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik yomgʻir va qor koʻrinishida boʻladi, 14-16-martda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel kelishi, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.