Bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida atmosfera fronti oʻtishida yomgʻir yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat 9-14 daraja iliq atrofida boʻladi.
15-noyabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishida Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, Ustyurtda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas. Havo harorati meʼyor atrofida saqlanib turadi.
16-noyabrda sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 5-7 daraja iliqgacha pasayadi, bu ushbu kunning meʼyoridan 8-10 darajaga pastdir.
17-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduzi quyosh hisobiga 8-10 daraja iliqgacha isiydi.
18-noyabrda Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Hafta davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
14-15-noyabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gaa yetishi mumkin.
14-18-noyabr kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 15-16-noyabrda Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin, buning hisobiga togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.