Hafta oʻrtasida ob-havo oʻzgaradi.

27-oktyabrda respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida bulutli boʻlsada, quruq ob-havo saqlanib turadi.

28-oktyabrda yomgʻirli zona sharqqa siljiydi va respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlariga yaqinlashganda yogʻingarchilik kuchayadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-oktyabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi kutiladi.

27-28-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat kechalari 4-9° iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kungi harorat 7-12° iliqgacha pasayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.