Respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida bugun kunduzi qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Bugun kunduzi baʼzi joylarda va 15-dekabrga oʻtar kechasi Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz qor yogʻadi.

Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi, bu iqlimiy meʼyordan 7-9 darajaga pastdir.

16-dekabrdan 18-dekabrgacha antitsiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanib, shimoli-sharqqa chekina boshlaydi. Shu kunlarda respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va ish haftasi oxiriga kelib iqlimiy meʼyorlarga yaqinlashadi.

18-dekabrga kelib, sovuq kechasi 0-2 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7-10 darajagacha isiydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.