Hafta oxirida ob-havo yana keskin sovuqlashadi

    Yashil sayyora 18 Yanvar 2021 2304

    «O'zgidromet» tarqatgan xabarlarga ko'ra, haftaning birinchi yarmida bahoriy iliq havo saqlanib turadi. Hafta oxiriga kelib esa qishki ob-havo qaytadi. 

    19-20-yanvarda respublika hududlarining ko'p qismida yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog'istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. 20 yanvarda Qoraqalpog'istonda, Xorazm viloyatida qor yomg'irga aylanadi.

    21 yanvarda respublika hududlarining ko'p qismida yog'ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog'istonda, Xorazm viloyatida qor yog'adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin.

    22 yanvarda ob-havo keskin o'zgara boshlaydi. Respublika bo'yicha qor yog'adi, faqat shimoliy hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi.

    23 yanvarda havo juda sovuq bo'lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni tashkil etadi.