Hafta oxirida Oʻzbekistonda qor yogʻishi kutilmoqda

    Oʻzgidromet shu yil 29-noyabrdan 1-dekabrga boʻlgan vaqt oraligʻi uchun bergan ob-havo bashoratlariga koʻra, hafta oxirida mamlakatning vodiy viloyatlaridan tashqari barcha hududlarida yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr - 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1-dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlari:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: choʻl hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabr-1-dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

    • Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, 29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr- 1-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari:

    • Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29-30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
    • Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.